» » Chiqindilarga to‘lib ketgan Chorvoq suv ombori haqidagi xabardan so‘ng ushbu hudud bir kun ichida tozalandi

Chiqindilarga to‘lib ketgan Chorvoq suv ombori haqidagi xabardan so‘ng ushbu hudud bir kun ichida tozalandi


Kecha, 13-sentabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Vera Grigoryeva Chorvoq suv omborining atrofi chiqindilarga to‘lib ketganligi, shamol har kuni ushbu chiqindilarni yanada kengroq masofaga yoyib yuborayotgani tasvirlangan suratlarni o‘z sahifasiga joylashtirgandi.

Mazkur muammoga operativ tarzda yondashilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan barham berildi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, inspeksiya xodimlari tomonidan Chorvoq suv omborining uzoq qirg‘og‘ida joylashgan ikki tepalik orasidagi ruxsat etilmagan (noqonuniy) chiqindi obyekti to‘liq tozalandi.

“Hurmatli yurtdoshlar! Sizdan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resusrlardan foydalanish sohasi bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan holatlar aniqlangan paytda to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabar so‘nggida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют