» » O‘zbekistondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari bir necha oydan so‘ng naqd puldagi xorijiy valyutani sota boshlaydi

O‘zbekistondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari bir necha oydan so‘ng naqd puldagi xorijiy valyutani sota boshlaydi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bugun, 14-sentabr kuni Media Hall NAESMI’da “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosi yuzasidan brifing o‘tkazdi. Brifingda bank xodimlari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jumladan, O‘zbekistondagi valyuta ayriboshlash shoxobchalarida aholiga xorijiy valyutani naqd pulda sotish qachon boshlanishi haqidagi savolga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov quyidagicha javob berdi:

“Mazkur masala yechimiga doir aniq sananini hozircha aytolmayman. Biroq bir necha oydan so‘ng biz bu qadamni ham tashlaymiz, deb o‘ylayman. Biz ‘yetti marta o‘lchab, bir kesish’ tamoyili bo‘yicha harakat qilmoqdamiz. Buning hammasi iqtisodiyotga ta’sir qilishi mumkin. Biz esa bu operatsiya muayyan bir shaxsga kerakligiga qarab emas, balki bu harakat iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishidan kelib chiqib, qaror qabul qilamiz”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют