» » Anvar Boynazarov muaytay ustasi Fabio Pinka hamda Por Pramuk bilan jang qiladi

Anvar Boynazarov muaytay ustasi Fabio Pinka hamda Por Pramuk bilan jang qiladi


K-1 yo‘nalishida muvaffaqiyatli odimlayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarovning navbatdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchi “Daryo” muxbiri bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

29-sentabr kuni Boynazarov Xitoy oktagonlarida ko‘rinish beradi. Uning raqibi yaponiyalik mashhur superjangchilardan biri bo‘ladi. U haqdagi to‘liq ma’lumot yaqin kunlar ichida beriladi.

Bundan tashqari, 27-oktabr kuni Anvar Boynazarovni Fransiyaning Lion shahrida navbatdagi jang kutib turibdi. Bunda u mashhur Fabio Pinkaga qarshi oktagonga chiqadi. Glory47 deb nom olgan musobaqaga yana ikki jangchi tashrif buyuradi. Yakunda o‘zaro g‘oliblar bir-biri uchun raqobatchiga aylanadi.

“Olamsport” nashrining ma’lumot berishicha, Anvar Boynazarov tailandlik afsonaviy muaytay ustasi Buakzau Por Pramuk bilan ham jang o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan. To‘qnashuv sanasi va manzili yaqin kunlar ichida ma’lum bo‘ladi.

Anvar Boynazarovning ko‘rsatkichi — 90-22-2 KO 52. Ya’ni, u ortda qolgan 114 ta jangining 90 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 22 tasida mag‘lub bo‘lgan va 2 bor durang qayd etgan. G‘alaba bilan yakuniga yetgan 90 ta jangining 52 tasini muddatidan avval erishilgan nokaut bilan tugatgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют