» » Sirdaryoda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 187 nafar mas’ul shaxsga jarima chorasi qo‘llanildi

Sirdaryoda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 187 nafar mas’ul shaxsga jarima chorasi qo‘llanildi


Sirdaryo viloyatida har hafta chorshanba kunlari o‘tkazilayotgan yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari korxona-tashkilot va muassasalar, aholi xonadonlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, bu borada fuqarolarning hushyorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, deb yozadi O‘zA.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan tuman va shaharlarda mahalliy hokimliklar, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda mahallalar, tashkilot, korxona va muassasalarda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

O‘rganish xulosalariga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 5 ming 600 dan ziyod xonadonda kamchiliklar aniqlanib, ularning 4 ming 483 tasi joyida bartaraf etildi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 187 nafar mas’ul shaxsga nisbatan 7 million 735 ming so‘mdan ziyod jarima choralari qo‘llanildi. Yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatdagi 21 binoning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 186 nosoz gaz va elektr uskunasidan foydalanish taqiqlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют