» » Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017-yil 17-sentabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari 17–27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Turdiyevga ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston sharafini 189 sportchi himoya qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют