» » Yaqinda ishga tushirilgan “Elektron soliq xizmatlari” portalida 35 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda

Yaqinda ishga tushirilgan “Elektron soliq xizmatlari” portalida 35 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda


Yaqinda davlat soliq xizmati organlarining “My.soliq.uz” — “Elektron soliq xizmatlari” portali test rejimida ishga tushirildi. Bundan asosiy maqsad aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini optimallashtirish, ularning sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, pirovardida soliq to‘lovchilarning xizmatlardan qoniqish darajasini yuksaltirishdan iboratdir.

“Elektron soliq xizmatlari” imkoniyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? U soliq to‘lovchilarga qanday yangi va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi? Davlat soliq qo‘mitasi vakillari bu savollarga javob berdi.

“Yangi portal soliq xizmati organlarining barcha elektron davlat xizmatlarini yagona vebmanbada qamrab olgan. Portalning bosh sahifasi ochilganda soliq organlarining virtual xodimi foydalanuvchilarga manbaning imkoniyatlari to‘g‘risida qisqacha tushuntirish beradi, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Muzaffar Islamov. — Shuningdek, soliqqa doir barcha elektron davlat xizmatlari interaktiv va axborot davlat xizmatlariga saralangan bo‘lib, bunda kerakli xizmatlarni tez va osonlik bilan qidirish mumkin. O‘z navbatida, ularni qidirishni yanada soddalashtirish maqsadida xizmatlar yo‘nalishlarga ajratilgan. Bular murojaatlarni va hisobotlarni yuborish, ro‘yxatga olish, soliqlarni hisoblash, ma’lumotnomalar olish kabi o‘nga yaqin yo‘nalishlardan iborat”.

Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida shaxsiy kabinetlar ochildi. Ushbu kabinetlarda soliq to‘lovchi toifasiga tegishli barcha elektron davlat xizmatlari ro‘yxati taqdim etiladi. Shaxsiy kabinetlarga kirish qismi yagona identifikatsiyalash axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Shaxsiy kabinetlarda xizmatlar qulay navigatsiyali “Shaxsiy ma’lumotlar”, “Hisob-kitoblarning joriy holati”, “Soliq organlari bilan yozishmalar” va “Foydali ma’lumotlar” bloklariga ajratilgan.

Soliq organlari bilan barcha yozishmalar va xabarlar alohida blokda yig‘iladi. Shu bilan birga, shaxsiy kabinetda soliq to‘lovchilar budjet bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni kunning istalgan vaqtida olishi mumkin.

Har bir xizmat oynasi yagona standart asosida ishlab chiqilgan. Bunda xizmatni tez qidirib topish uchun xizmat ikonkasi, xizmatning nomi, foydalanish yo‘riqnomasi, xizmat bo‘yicha mas’ul soliq inspektori to‘g‘risida ma’lumot, soliq to‘lovchilarning fikrlarini o‘rganish, taklif va e’tirozlarini ko‘rib chiqish uchun xizmatga baho berish hamda izoh qoldirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.

Bugungi kunda portalda davlat soliq xizmati organlarining 35 elektron davlat xizmatlari amaliyotga joriy etilgan. Bundan tashqari, beshta yangi xizmat test sinovida taqdim etilmoqda. Soliq to‘lovchilarning toifasi va joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют