» » Tijorat banklari ularga xos bo‘lmagan qator funksiyalardan ozod etildi

Tijorat banklari ularga xos bo‘lmagan qator funksiyalardan ozod etildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-sentabr kuni “Respublika ban tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarorni imzoladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Hujjat bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, bank tahdidlarini xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning zamonaviy prinsip va mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.

2017-yilning 1-oktabridan yangi tashkil etilgan tijorat banklari uchun minimal ustav kapitali 100 milliard so‘m, mikrokredit tashkilotlari uchun 2 milliard so‘m, lombardlar uchun 500 million so‘m miqdorida belgilandi.

Qolgan tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari, shuningdek, lombardlarga 2019-yil 1-yanvariga qadar o‘z ustav kapitallarini belgilangan talablarga yetkazish topshirildi.

NBU va “Asaka bank”ning muqaddam chet el valyutasida shakllantirilgan ustav kapitallari so‘mga o‘tkaziladi.

Tijorat banklari ularga xos bo‘lmagan ayrim funksiyalardan ozod etildi. Jumladan, ular

1) xo‘jalik subyektlarining muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi shakllanishini;

2) xo‘jalik subyektlari tomonidan bank kassalaridan olingan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qilishdan ozod qilindi.

Markaziy bankka quyidagilar topshirildi:

– tijorat banklari faoliyatiga umume’tirof etilgan zamonaviy norma, standart va baholash ko‘rsatkichlarini joriy etish;

– bank tahdidlarini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish, shu jumladan, tijorat banklarida tahdid menejmentini bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olib, xalqaro moliyaviy institutlar ekspertlarini maslahatlashuvlarga jalb qilgan holda rivojlantirish;

– aholining bank-moliya xizmatlari sohasidagi moliyaviy savodxonligini va himoya darajasini oshirish;

– aholining mamlakat bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, bank xizmatlari ko‘rsatilishi madaniyatini oshirish.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют