» » O‘zbekistonda elektron kitob o‘qish uskunalari ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda elektron kitob o‘qish uskunalari ishlab chiqariladi


O‘zbekistonda eReader elektron o‘qish uskunalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, mutolaa madaniyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Uz24.

Dastur Prezidentning tegishli qarori bilan 14-sentabr kuni tasdiqlandi.

Aytilishicha, uskunalarning axborot bazasida umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va OTMlarga mo‘ljallangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar, o‘quv-metodik, ilmiy-nazariy adabiyotlar joylashtiriladi.

Dasturda, shuningdek, bunday uskunalarni arzon narxlarda xarid qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Nihoyat, milliy kutubxona hamda axborot-kutubxona markazlarining yagona bazasi tashkil etiladi. Bu bazadan mamlakatning har qanday axborot-kutubxona muassasasi orqali foydalansa bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют