» » Janubiy Koreya prezidentining xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ketma-ket 3-hafta pasaymoqda

Janubiy Koreya prezidentining xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ketma-ket 3-hafta pasaymoqda


Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ketma-ket uchinchi hafta pasaymoqda. Bu haqda Realmeter agentligi tomonidan 11-dan 13-sentabrga qadar 1,5 ming voyaga yetgan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.

14-sentabr, payshanba kuni chop etilgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat katta yoshli aholisining 66,9 foizi Mun Chje Inning prezidentlik lavozimidagi faoliyatini ma’qullaydi. Bu o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichdan 2,3 foizga kam.

Davlat rahbari faoliyatiga nisbatan salbiy munosabat bildirganlar 26,8 foizni tashkil etdi. Agentlikning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich 2,2 foizga oshgan.

Tahlilchilar fikricha, bu holatni Janubiy Koreya jamiyatining KXDRning yangi yadro sinovi o‘tkazishi yuzasidan tashvishlanishi bilan izohlash mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют