» » Toshkentda qariyb 14 million so‘mlik aliment qarzini to‘lashni xohlamagan erkak 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Toshkentda qariyb 14 million so‘mlik aliment qarzini to‘lashni xohlamagan erkak 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Ilhom Hayitov oilasini ikki nafar farzandi bilan tashlab ketgan. Farzandlariga moddiy yordam — aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, sakkiz yil davomida izsiz yo‘qolgan.

O‘zA tomonidan xabar berilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda Ilhom Hayitovning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi.

Ilhom Haitov turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan paytda, ya’ni 2006-yilning oktabr oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan Rushana (Hayitova) Kamolovaga ikki nafar farzandining voyaga yetguniga qadar ish haqi va boshqa daromadlaridan uchdan bir qismi miqdorida aliment to‘lashi belgilangan edi.

Ammo u qonuniy burchini bajarishdan ochiqchasiga bosh tortib, qo‘shni Qozog‘iston davlatiga ketib qolgan va oradan sakkiz yil o‘tib qaytib kelgan.

Rushana Kamolova farzandlarining otasi qaytib kelganini bilgach, o‘tgan yillardagi aliment to‘lovidan voz kechdi va bundan buyog‘iga to‘lashini so‘rab, sudga yana ariza berdi. Mazkur arizaga asosan 2014-yil fevral oyida Ilhom Hayitovga nisbatan aliment to‘lash bo‘yicha sudning yangi buyrug‘i chiqdi.

Biroq doimiy ogohlantirish berib turilganiga qaramay Ilhom Hayitov bu safar ham aliment to‘lamadi. Buning oqibatida uning aliment qarzi joriy yilning 15-avgustiga qadar 13 million 783 ming so‘mni tashkil etdi.

Sayyor sud zalida Ilhom Hayitovga aliment qarzini to‘lash taklifi bildirildi. Lekin u pulni to‘lashni istamadi. Voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bosh tortganligi uchun Ilhom Hayitov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sudlanuvchidan jabrlanuvchi Rushana Kamolova foydasiga to‘plangan qarz undirilishi belgilandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют