» » Selena Gomes buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan kechirdi

Selena Gomes buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan kechirdi


Amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes o‘z Instagram’ida yozda buyrakni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshdan kechirgani haqida gapirib berdi, deb yozadi Afisha Daily. Unga o‘z dugonasi donorlik qilgan.

25 yoshli xonanda teri silining bir turini boshidan o‘tkazgach, uning buyraklari ishlamay qolishni boshlagan. Qarindoshlarining buyraklari to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgach, Selena do‘stlari orasidan donor qidirgan.

Oxir-oqibat, operatsiyaga uning eski do‘sti — aktrisa Fransia Raysa rozilik bildirgan.

Qo‘shiqchi so‘nggi oylarda uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun qarindoshlari va shifokorlarga minnatdorlik bildirdi. Ammo eng iliq so‘zlarni Selena o‘z “opasi” deb atagan Raysaga izhor qildi.

Gomesning kasalligi haqida 2014-yildayoq ma’lum bo‘lgan edi. Keyingi yil u kimyoviy terapiya kursidan o‘tdi, ammo natija kutilgandek bo‘lib chiqmadi — teri sili rivojlanishda davom etdi. 2016-yilda Selena yana o‘z konsertlari va albomi ustida ishlashni to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют