» » Focus jurnali bosh muharriri Putinga nisbatan haqorat uchun uzr so‘radi

Focus jurnali bosh muharriri Putinga nisbatan haqorat uchun uzr so‘radi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin oshkora haqorat qilingan maqolani chop etgan Germaniyaning Focus jurnali bosh muharriri Robert Shnayder shov-shuvga sabab bo‘lgan ibora uchun uzr so‘radi, deb yozadi “RBK” Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi matbuot kotibiga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shnayder 14-sentabr kuni elchixonaga shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, jurnalda Rossiya prezidentiga nisbatan keltirilgan ibora uchun uzr so‘ragan. Bosh muharrir jurnal tahririyati Rossiya davlati rahbarini xafa qilishni yoki haqoratlashni zarracha ham istamaganligini ta’kidlagan.

U tanlangan ibora noto‘g‘ri ekanligini tan olib, mushtariylardan ham uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, nashrning joriy yildagi sonlaridan birida “Kansler Angela Merkel Putinning itidan qo‘rqadi, biroq it Putindan emas”, degan jumla qo‘llanilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют