» » AQSh ma’muriyati falastinliklarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatish haqidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi

AQSh ma’muriyati falastinliklarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatish haqidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi


Amerika ma’muriyati AQSh Kongressida tayyorlangan, Falastin hukumati isroilliklarga hujumlarda aybdor bo‘lgan shaxslarning oilalariga pul to‘lashni bas qilmagunicha, unga yordam ko‘rsatishni to‘xtatib turishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Amerika fuqarolariga nisbatan zo‘ravonlikni rag‘batlantiruvchi ushbu dasturning barcha qismlarini to‘xtatish zarurati haqidagi masalani prezident Mahmud Abbos bilan Vashingtonda va Vifleyemda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ko‘targan edi”, — dedi u.

AQSh hokimiyatining ijro etuvchi tarmog‘i qonun loyihasining borishini “diqqat bilan kuzatmoqda” va ushbu hujjat “yakuniy shakliga kirishiga qarab” Kongress bilan ishlashga tayyor, dedi diplomat.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют