» » Markaziy bank inflyatsiyaviy targetlashga o‘tadi

Markaziy bank inflyatsiyaviy targetlashga o‘tadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatda Markaziy bankning o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga erishish tamoyillari va mexanizmlarini dunyo markaziy banklari tomonidan ichki narxlar barqarorligini ta’minlashda qo‘llaniladigan inflyatsiyaviy targetlash rejimiga qayta yo‘naltirish haqidagi taklifi ma’qullandi.

Markaziy bank, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan, 2017—2021-yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha kompleks choralar tasdiqlandi.

Markaziy bankka 2018-yilning 1-martigacha bo‘lgan muddatda Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish konsepsiyasini hamda konsepsiyani 2018—2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash yuklandi.

Ma’lumot uchun: targetlash — pul agregatlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘sishining mo‘ljallarini belgilash.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют