» » Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar muhokama qilindi

Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar muhokama qilindi


Bugun, 15-sentabr kuni Xalqaro press klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutining tashkil etilishiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston 24” telekanalining ma’lum qilishicha, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 3150 nafar tadbirkor bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu viloyatlar hokimliklari, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi o‘rganildi.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining institutlari bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan 21 ta Memorandum loyihalari ishlab chiqilib, kelishish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Nazorat organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarda ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2000 dan ortiq buklet ishlab chiqilib, tadbirkorlarga tarqatilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют