» » O‘rgan, Babayan: Bert van Marveyk Saudiyani Jahon Chempionatiga olib chiqdi va iste’fo berdi

O‘rgan, Babayan: Bert van Marveyk Saudiyani Jahon Chempionatiga olib chiqdi va iste’fo berdi


Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk iste’foga chiqdi. Bu haqda OFK rasmiy sayti ma’lumot berdi.

Iste’fo sabablari ko‘rsatib o‘tilmagan. Gollandiyalik mutaxassis JCh—2018 saralashida saudiyaliklarga ustozlik qilib, shogirdlarining Rossiya mundiali uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiptani qo‘lga kiritishiga sababchi bo‘lgandi.

Saudiya Arabistoni futbol assotsiatsiyasi van Marveykning o‘rniga argentinalik Edgardo Bauzani bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoani 2018-yilning yozida bo‘lib o‘tadigan mundialga aynan Bauza tayyorlaydi.

Bauza bunga qadar BAA terma jamoasini boshqarayotgandi. U iste’foga chiqqan Mahdiy Alining o‘rniga kelib, aynan Saudiyani taslim qildi — 2:1. Tailand bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va Iroqqa imkoniyatni boy berdi — 0:1.

Saudiya Arabistoni termasi Jahon Chempionatlarida uchinchi bor argentinalik mutaxassis bilan ishtirok etadi. Bunga qadar AQSh—1994 ga saudiyaliklarni Xorxe Solari olib borgan bo‘lsa, Germaniya—2006 da ularga Gabriel Kalderon ustozlik qilgandi.

Arab mamlakatlarida mana shunday qiziq iste’folar kuzatib turiladi. Bungacha Qatarning urugvaylik bosh murabbiyi Xorxe Fosatti Janubiy Koreya termasini mag‘lub etib, iste’foga chiqib ketgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют