» » AQShda jinoyatchi qidirilayotgani haqidagi e’lon ostida politsiyachilarni masxara qildi

AQShda jinoyatchi qidirilayotgani haqidagi e’lon ostida politsiyachilarni masxara qildi


31 yoshli jinoyatchi Martin Teyt qidirilayotgani haqidagi e’lon ostida Shimoliy Uels politsiyachilarining ustidan kuldi. Uning surati bor post North Wales Police’ning Facebook akkauntiga joylangan edi.

Politsiya akkaunti ma’muriyati so‘zlariga qaraganda, Teyt qurollangan hujum uchun qidirilmoqda. “101 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Twitter’da ma’lum qiling”, — deyiladi xabarda.

Bir muddatdan so‘ng post ostida Teytning o‘zi izoh qoldira boshladi. U politsiyachilarni masxara qildi. “Axmoqlar meni tuta olishmayapti. Kim oxirgi kulishi endi ravshan”, — deya xursand bo‘ldi u.

U hatto Facebook’ga yana bir jinoyatchi bilan dam olayotgani suratini joylashtirdi. “Ikki erkak qidiruvda, ha-ha, biz buni bir pulga olmaymiz”, — deya ta’kidladi Teyt surat ostida.

Politsiya jinoyatchiga obro‘sini saqlagan holda javob qaytardi. “Salom, Martin, sen  qochishing mumkin, lekin yashirina olmaysan. Ko‘rishguncha!”, — ishonch bilan ma’lum qildi politsiyachilar.

Shunga qaramasdan, Mashable nashrining ma’lum qilishicha, Teyt hamon qo‘lga tushmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют