» » Telefonida behayolik va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi materiallarni O‘zbekistonga olib kirishga uringan shaxslar aniqlandi

Telefonida behayolik va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi materiallarni O‘zbekistonga olib kirishga uringan shaxslar aniqlandi


Ayrim fuqarolar o‘zlarining noutbuk, qo‘l telefoni va boshqa axborot tashuvchi vositalarida behayolik va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi materiallarni bojxonadan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlari uchramoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan behayo va zo‘ravonlik mazmunidagi fotosuratlar, videofilm va roliklarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tishga harakat qilgan bir guruh “telegrammchilar” aniqlandi.

Jumladan, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Novosibirsk—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezd yo‘lovchisi fuqaro J.Jumayevda (ism-shariflar o‘zgartirilgan) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan Samsung rusumli uyali telefon borligi aniqlandi. Telefonning Telegram nomli papkasida 12 dona behayo mazmundagi video va 65 dona behayo mazmundagi foto fayllar hamda vahshiylikni targ‘ib qiluvchi video rolik borligi ma’lum bo‘ldi.

Shunga o‘xshash holatda “Moskva—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan fuqarolar M.Uzoqov va B.Zakirovlar bojxona nazoratidan chetlab olib o‘tmoqchi bo‘lgan Samsung rusumli uyali telefonlarining Telegram papkasida 84 dona behayo mazmundagi video fayllar va 255 dona foto suratlar borligi ma’lum bo‘ldi. Telefon egalari qo‘l telefonlariga foto va video fayllar qanday qilib tushib qolganidan go‘yoki bexabar.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 189-moddasi bilan ma’muriy ish yuritilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli sud idoralariga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, pornografik, shuningdek, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilsa, u holda aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq, eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют