» » Savdo-sanoat palatasi vakili: Yuridik shaxslarning haydovchilari har ikki yilda malaka oshirishi haqidagi qaror o‘rganib chiqilishi lozim

Savdo-sanoat palatasi vakili: Yuridik shaxslarning haydovchilari har ikki yilda malaka oshirishi haqidagi qaror o‘rganib chiqilishi lozim


4-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi “O‘qitishning innovatsion metodlarini joriy qilish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgan edi. Hujjatga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvaridan e’tiboran yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilari har ikki yilda malaka oshirish kurslaridan o‘tishi belgilangan, deb eslatadi “Gazeta.uz”.

Bu kurslar Avtotest Report o‘quv majmuasining sertifikati bilan tasdiqlanadi. U 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston bo‘ylab jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar malakasini oshirish huquqiga ega yagona tashkilotga aylanadi.

Jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar haydovchilari aynan shu avtomaktab sertifikatiga ega bo‘lish talabi O‘zbekiston yo‘l harakati qoidalariga hamda transport vositalarini majburiy texnik nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritiladi. Keyingi yilning 1-iyulidan bunday sertifikatga ega bo‘lmay turib jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining boshqarilishi ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Qarorda ko‘rsatilishicha, haydovchilar malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish ish beruvchilarning o‘z mablag‘lari, budjet tashkilotlarida esa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda Avtotest o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv vositalari narxi ta’lim muassasalari xizmatlari tannarxiga kiritilishi lozim.

Hukumatning bu qarori ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarni keltirib chiqardi. Qarorda YTHlarda ko‘p hollarda yuridik shaxslarga tegishli mashinalar ishtirok etayotgani ta’kidlangan edi. Foydalanuvchilar buni tasdiqlovchi statistik ma’lumotlar bor-yo‘qligiga qiziqish bildirdi..

15-sentabr kuni Xalqaro press-klub yig‘ilishida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov bu masala qayta o‘rganib chiqilishi lozimligini ta’kidladi.

“Qiziq savol, nega ayna bir tashkilotga topshirildi. Go‘yoki monopoliya yuzaga kelmoqda. Shuning uchun, o‘ylaymanki, bu masala tegishli organlar tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim. Hali kech emas, biz (Savdo-sanoat palatasi) qo‘shima taklif kiritishimiz mumkin», — dedi u.

Islom Jasimov O‘zbekistonda alohida davlat xizmatlari sekin-asta tadbirkorlik subyektlariga topshirilayotganini eslatib o‘tdi. Ammo, shunga qaramay, Savdo-sanoat palatasi ekspert kengashida bu masalani ko‘tarishga harakat qilib ko‘radi.

“Biz o‘z tomonimizdan, agar imkoniyat bo‘lsa, xalqaro ekspertlar va bizning tadbirkorlar ishtirokidagi ekspert kengashida buni muhokama qilamiz va hukumatga o‘z taklifimizni kiritamiz”, — dedi u.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют