» » Chilonzorda bir qiz olomon ustiga mashina haydadi. Qurbonlar va yaralanganlar bor

Chilonzorda bir qiz olomon ustiga mashina haydadi. Qurbonlar va yaralanganlar bor


15-sentabr kuni soat 01:00 da poytaxtning Chilonzor tumanida yirik YTH ro‘y berdi. Bunyodkor ko‘chasida 21 yoshli qiz Lacetti mashinasida yo‘l chetidan ketayotgan to‘rt piyodani urib yubordi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Piyodalardan biri — 25 yoshli yigit voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Uning uch do‘sti Respublika tez tibbiy yordam markaziga yetkazildi.

Piyodalarni urib ketgach, qiz yonidan o‘tayotgan Nexia avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Ikki mashina haydovchilari va yo‘lovchilari jabrlanmadi.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati qiz do‘stining avtomobilini boshqarayotganini, uning yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganini bildirdi. Mashinaning egasi haydovchining yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan edi. YTH vaqtida mashinani boshqarayotgan qiz mast emas edi.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют