» » Xitoy kriptovalyutalar qiymati tushib ketishiga sababchi bo‘ldi

Xitoy kriptovalyutalar qiymati tushib ketishiga sababchi bo‘ldi


Jahondagi barcha asosiy kriptovalyutalar kurslari tushib ketdi. Eng mashhur raqamli valyuta — Bitcoin 3 ming dollarga baholanmoqda, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

O‘tgan haftadan buyon jahon matbuotida Xitoyda barcha ICO (Initial Coin Offering — tangalarni birlamchi joylashtirish, yangi texnologik loyihalarga investitsiya jalb qilish shakli) taqiqlangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Buning natijasida bozordagi sarosima kriptovalyutalar qiymatiga ta’sir ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, BitKan birjasi sotuvlarni to‘xtatdi.Xitoyning eng yirik kriptovalyuta birjasi — BTCC 30-sentabrdan platformadagi sotuvlar to‘xtatilganini rasman ma’lum qildi.

Voqealarning bu rivoji kriptovalyutalarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 15-sentabr holatiga ko‘ra Bitcoin kursi 3075 dollarga tushib ketdi. Shu tariqa, ikki kun ichida kriptovalyutы qiymati qariyb 900 dollarga (22 foizga) tushib ketdi. Agar 2-sentabrdagi rekord qiymatdan (5012 dollar) hisoblansa, tushish 40 foizni tashkil etadi.

Yana bir mashhur kriptovalyuta — Ethereum qiymati 13-sentabr kuni 270 dollarga tushgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 217 dollarni tashkil qilmoqda (ikki kunda 20 foiz).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют