» » Toshkentda Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ish boshladi (foto)

Toshkentda Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ish boshladi (foto)


Bir muddat ilgari Toshkentda Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi va ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi. Bugun, 15-sentabr kuni  Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasida qo‘shni mamlakatning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ellikka yaqin kompaniyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov qatnashdi.

Ko‘rgazmada Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalari keng namoyish etilmoqda. Bir necha rusumdagi Peugeot, Lada brendi ostida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar, JAC elektromobillari tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etilgan.

Ko‘rgazma O‘zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar qozog‘istonlik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otganini namoyish etdi.

“Qozog‘iston va O‘zbekiston an’anaviy savdo hamkorlar hisoblanadi, — dedi Kazakh Invest kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Meyrjan Maykenov. — So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda valyuta bozorini liberallashtirish, import tovarlarga aksiz soliqlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, shubhasiz, qozog‘istonlik tadbirkorlarni mamlakatingiz biznes doiralari bilan faol hamkorlikka undaydi”.

Ekspozitsiyaning alohida bo‘limida Qozog‘iston ilmiy-texnik ishlanmalari, ilm-fanda erishilayotgan yutuqlar, innovatsion texnologiyalar namoyish etilmoqda. Ular orasida ta’lim va tibbiyot yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan Nazarboyev universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi, Kazakhstan Engineering kompaniyasi stendlari ko‘pchilikning e’tiborini jalb etmoqda.

Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi iqtisodiyotning turli sohalarida hamjihatlikni mustahkamlashga va o‘zaro tovar aylanmasini 2020-yilgacha 5 milliard dollarga ko‘tarishga qaratilgan sa’y-harakatlarning tarkibiy qismi sifatida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют