» » Ulkan qora sayyora topildi

Ulkan qora sayyora topildi


Teylor Bell boshchiligidagi Makgill universiteti (Kanada) astronomlari qaynoq yupiterlar toifasiga kiruvchi WASP-12b ekzosayyorasi qora gaz giganti ekanligini aniqladi. Olimlarning qo‘shma maqolasi The Astrophysical Journal Letters jurnalida chop etildi, deb xabar beradi Science Alert.

WASP-12b Yerdan 1400 yorug‘lik yili narida joylashgan. U Quyosh tizimidagi Yupiterdan qariyb ikki barobar katta, ona yulduz atrofida esa 0,03 astronomik birlik (1 astronomik birlik Yer va Quyosh o‘rtasidagi o‘rtacha masofaga teng) masofasida aylanadi.

Bu sayyorada bir yil Yerdagi bir kunday davom etadi. Oqim kuchlari ta’sirida sayyora yulduzga har doim bir tarafi bilan qarab turadi. Undagi havo harorati Selsiy bo‘yicha 2 ming darajadan oshadi.

Olimlar gaz giganti atmosferasiga kiradigan yorug‘likning 94 foizini yutishini aniqladi. Ularning so‘zlariga qaraganda, qaynoq yupiterlar odatda ularga tushuvchi radiatsiyaning 40 foizini qaytaradi. Buning sabablaridan biri sayyoraning kun tomonida bulutlarning yo‘qligidir.

Ammo sayyora butunlay qora jism emas. Yuqori harorat tufayli u erigan metall misol qizil rangda tovlanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют