» » Kataloniya rasmiylari Ispaniya qiroli va bosh vazirga hamkorlikka chaqirilgan maktub yo‘lladi

Kataloniya rasmiylari Ispaniya qiroli va bosh vazirga hamkorlikka chaqirilgan maktub yo‘lladi


Kataloniya rasmiylari Ispaniya qiroli Filipp VI va bosh vazir Mariano Raxoyga avtonom hamjamiyatdagi vaziyatni izga solish uchun hamkorlikka chaqirilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

RAC 1 radiosiga ko‘ra, maktubga Kataloniya rahbari Karles Puchdemon, uning o‘rinbosari Oriol Junkeras, shuningdek, Barselona meri Ada Kolau imzo chekkan.

Maktubda kataloniyaliklarning mustaqillik to‘g‘risida referendum o‘tkazishi masalasida “kelishib olish” taklif etilgan. Mintaqa rasmiylariga ko‘ra, referendum “fuqarolar ovozini eshitish” uchun zarur.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kataloniya parlamenti mustaqillik to‘g‘risidagi referendumga oid qonunni qabul qilgandi. Qonun 1-oktabrda shu masalada referendum o‘tkazish imkonini beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-09-2017, 00:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют