» » OAV: AQSh prezidentligi vaqtida Obamaning safar xarajatlariga 105 million dollar sarflangan

OAV: AQSh prezidentligi vaqtida Obamaning safar xarajatlariga 105 million dollar sarflangan


AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning oilasi tomonidan sakkiz yillik davlat rahbarligi davomida qilingan safarlar uchun 105 million dollar sarflangan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“TASS”ning yozishicha, ma’lumot erkinligi to‘g‘risidagi qonunga asoslanib, sud orqali AQSh maxfiy xizmatlarining hujjatlarini olgan Judical Watch huquqni himoya qiluvchi jamoatchilik tashkiloti shunday xulosaga kelgan

Pullar aviachiptalarga, avtomobillar ijarasiga, telefon aloqasi uchun to‘lovga, benzin va turar joy, xususan, maxfiy xizmat xodimlarining mehmonxona nomerlari uchun sarflangan. Tashkilot xarajatlar Obamaning o‘zi tomonidan yoki amerikalik soliq to‘lovchilar hisobidan to‘langaniga aniqlik kiritmagan. Odatda, dam olish va ba’zi safarlar vaqtida xarajatlarning katta qismini Obamaning o‘zi to‘lar edi.

Obamaga 2018-yilda davlat budjetidan 1,15 million dollar ajratiladi. Uning bir qismi sobiq prezidentning pensiyasi uchun ketsa, qolgani ofisning ijarasi uchun to‘lanadi. 1950-yillarda qabul qilingan qonunga ko‘ra, AQShning sobiq prezidentlari davlat ta’minotida qoladi. Ular vazirlarning ish haqiga teng miqdorda pensiya oladi. Ularning rafiqalariga ham ma’lum miqdorda pul to‘lanadi. Sobiq prezidentlar davlat budjeti hisobidan ijarasi to‘lanadigan ofis va aloqaga ega bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют