» » Turkiya Belgiyani terrorga qarshi kurashning zaif halqasi deb atadi

Turkiya Belgiyani terrorga qarshi kurashning zaif halqasi deb atadi


Belgiya terrorga qarshi kurashning zaif halqasi hisoblanadi. Bu haqda Turkiya TIVning bayonotida aytildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Muqaddam Belgiya sudi Kurdiston ishchi partiyasi bilan bog‘liq 36 jismoniy va yuridik shaxsning faoliyatini terrorchilik deb baholashdan bosh tortgan edi. Bayonot shu munosabat bilan qabul qilindi.

“Bu qaror Turkiya xavfsizligiga putur yetkazuvchi va uning manfaatlariga zid faoliyat yurituvchi terrorchilik tashkilotlarining qo‘llab-quvvatlanishiga navbatdagi misol bo‘ladi. Belgiya Yevropada va jahonda terrorga qarshi kurashning zaif halqasi ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi”, — deyiladi bayonotda.

Belgiya sudi tilga olingan yuridik va jismoniy shaxslarni o‘tgan yil noyabrida oqlagan edi. Jinoiy ish surishtiruvi va eshituvlari 2010-yili boshlangan edi.

Mazkur masalada kiritilgan apellyatsiya shikoyati sud tomonidan rad etildi. Sud hukmida aytilishicha, “Kurdiston ishchi partiyasi faoliyati qurolli ixtilof xarakteriga ega” va shu bois terrorchilik sifatida baholanishi mumkin emas.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют