» » Toshkentda bir necha bor qariyalarning xonadonlariga kirib o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda bir necha bor qariyalarning xonadonlariga kirib o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida yolg‘iz yashovchi keksalarning xonadoniga kelib, ularga o‘zini yangi qo‘shnisi yoki lift ustasi sifatida tanishtirib, uy telefoni orqali qo‘ng‘iroq qilib olish, hojatxonaga kirib chiqish hamda shu kabi boshqa bahonalar bilan kirishga erishib, piyoz to‘g‘rab berishni so‘rab chalg‘itgan holda, xonadonlarda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yuqorida qayd qilingan jinoyatlarni fosh qilish, jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB va uning tizimlarida xizmat olib boruvchi barcha shaxsiy tarkib e’tibori mazkur jinoyatlarga qaratilgan holda, shahar miqyosida keng qamrovli tezkor qidiruv chora-tadbirlari o‘tkazildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatlarni sodir qilgan shaxs — 1965-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, o‘g‘rilik va boshqa turdagi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan G‘afurjon Toshev ekanligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Avgust oyining oxirlarida IIBB Toshkent shahridagi keksa fuqarolarni o‘z uylariga begona shaxslarni kiritmasliklari haqida ogohlantirgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют