» » London metrosidagi terakt yuzasidan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi

London metrosidagi terakt yuzasidan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi


Buyuk Britaniya politsiyasi London metrosida sodir bo‘lgan terakt yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida yosh yigitni qo‘lga oldi. Bu haqda Sky News’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Qo‘lgan olingan yigitning yoshi 18 da ekanligi ma’lum. U terrorizmga qarshi kurashish qonuni doirasida Duvr shahri hududida qo‘lga olingan. Avvalroq, politsiya teraktni uyushtirishda gumonlanayotgan shaxsni aniqlashga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

“Erishgan yutuqlarimizdan ko‘nglimiz to‘lgan bo‘lsa-da, tergov ishlari davom etmoqda va tahdid darajasi hamon favqulodda”, — dedi Skotland-Yardning terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi vakili Nil Basu.

U qo‘lga olingan shaxs haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Portlash 15-sentabr kuni London metrosining Parsons Green bekatida sodir bo‘ldi. Poyezd vagonida qo‘lbola portlovchi qurilma ishlab ketishi oqibatida 29 kishi jarohat olgan.

Mavuga doir: IShID London metrosida ro‘y bergan portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют