» » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 10 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 10 dan ortiq hujjat imzolandi


Ko‘ksaroydagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston — Qozog‘iston hamkorligining turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Qo‘shma bayonotni imzoladi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar ham imzolandi:

Mamlakatlar hududlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalariga asos bo‘ladigan hujjatlar ham qabul qilindi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan Qizilo‘rda viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Shuningdek, tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandum, Jizzax viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandum, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan “Kazinform” xalqaro axborot agentligi o‘rtasida memorandum imzolangan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют