» » Qozog‘istonda O‘zbekiston, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkaziladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkaziladi


Oliy darajadagi O‘zbekiston — Qozog‘iston muloqotlari so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezident Nursulton Nazarboyev muzokaralar O‘zbekiston — Qozog‘iston munosabatlariga xos o‘zaro anglashuv va samimiyat ruhida o‘tgani, tomonlar barcha strategik masalalar bo‘yicha hamfikr ekanini alohida ta’kidladi.

Mamlakatlar hamkorligida ustuvor o‘rin tutadigan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va tranzit sohalaridagi aloqalarda izchil o‘sishga erishilgani qayd etildi.

Hamkorlik nomenklaturasi yangi sohalar bilan boyidi. O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa, mudofaa sanoati va kosmik faoliyat yo‘nalishida sheriklikni rivojlantiradi.

2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют