» » Iroq qurolli kuchlari Anbar viloyatida IShIDga qarshi kampaniya boshlanganini ma’lum qildi

Iroq qurolli kuchlari Anbar viloyatida IShIDga qarshi kampaniya boshlanganini ma’lum qildi


Iroq hukumati kuchlari bugun, 16-sentabr kuni mamlakat g‘arbidagi Anbar viloyatida IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi hujum boshladi. Bu haqda Iroq qurolli kuchlari vakili, general Abdul Amir Yarallaga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Kampaniyaga armiya bo‘linmalari, “Al-Hashd ash-Shaabi” shia ko‘ngillilari va chegara qo‘shinlari jalb etilgan.

Ularning vazifasi Akashat qishlog‘i va unga yondosh bo‘lgan hududni ekstremistlardan ozod etish hisoblanadi. Mazkur aholi yashash punkti IShIDning Suriya bilan chegaradagi eng so‘nggi tayanch punktlaridan biri Al-Qaim shahriga olib boradi. Shuningdek, radikallar Anbardagi Ana va Rava shaharlarini ham o‘z nazorati ostida ushlab turibdi.

Iroqlik harbiy ekspert Hisham al-Hoshimiyning ma’lum qilishicha, Akashatda IShIDning qurol omborlari, jangarilar, xususan xudkushlar tayyorlovchi lagerlari, shuningdek, qo‘lbola portlovchi moslamalar ishlab chiqaruvchi fabrikasi joylashgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют