» » O‘zbekiston Milliy bog‘i qayta qurilishi munosabati bilan 18-sentabrdan yopiladi

O‘zbekiston Milliy bog‘i qayta qurilishi munosabati bilan 18-sentabrdan yopiladi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i bazasida “zamonaviy va yuqori texnologiyali” madaniyat va dam olish bog‘i barpo etiladi. Vazirlar Mahkamasi joriy yil 4-sentabr kuni shu haqdagi qarorni qabul qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

60 million AQSh dollari miqdoridagi loyihaga Stargate Systems MChJ investorlik qiladi. Golden Pages sahifalarida mazkur kompaniya sayti sifatida AKFA kompaniyalar guruhining “Akfa.uz” sayti ko‘rsatilgan.

Qarorda qayd etilishicha, umumiy maydoni 20,79 gektar bo‘lgan bog‘ aholi, eng avvalo yoshlar talabini qondirishi, “jahon standartlari darajasida yuqori texnologiyali” bo‘lishi lozim.

Loyiha konsepsiyasiga muvofiq, to‘liq rekonstruksiya va modernizatsiya qilingandan so‘ng bog‘ yil davomida kuniga 10 ming nafargacha tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsatadi.

1-oktabrga qadar bog‘ bino va inshootlari, attraksionlari, bolalar temir yo‘li demontaj qilinishi, 1-noyabrgacha investorga uzoq muddat ijaraga topshirish uchun to‘liq shay holatga keltirilishi lozim. Ijara muddati loyiha ishlari yakunlanadigan 2021-yil 1-yanvardan boshlab 49 yilni tashkil etadi.

“Gazeta.uz”ga ko‘ra, bog‘ 18-sentabr, dushanbadan yopiladi. Dam olish kunlari tashrif buyuruvchilar bog‘dagi mavjud attraksionlar hamda kelgusi taqdiri noma’lum bolalar temir yo‘lidan foydalanishi mumkin.

Yangi bog‘da dunyo me’morchiligi durdonalari nusxalari, amfiteatr va rangli tasvirlar aks etadigan kartografik favvora, velosiped yo‘lakchasi, attraksionlar va oilaviy hordiq chiqarish uchun boshqa obyektlar, yirik savdo-ko‘ngilochar markazi, qasr-saroy ko‘rinishidagi tantanali marosimlar uchun joy, bolalar qahvaxonlari va maydonchalari barpo etiladi.

Bog‘da ikkita “Amerika tepaligi” attraksioni va bolalar avtodromi, interaktiv poyezd, labirint, tomosha charxpalagi, syorfing bilan shug‘ullanish imkonini beradigan suv inshooti, shuningdek, o‘rgatilgan delfinlar ishtirokida shou-dastur namoyish etuvchi delfinariy bo‘ladi.

Xorijdan keltiriluvchi qurilish materiallari, uskunalar, texnikalar, attraksionlar, audio va videoqurilmalar, delfinlar, qushlar, baliqlar va o‘simliklar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют