» » O‘zbekiston – Qozog‘iston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston – Qozog‘iston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida 16-sentabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, bank-moliya, yoqilg‘i-energetika, aviatashuv, avtomobilsozlik, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoat, to‘qimachilik, elektron mahsulotlar ishlab chiqarish, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, sug‘urta, eksport-import, aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, sayyohlik va fan-ta’lim kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, mazkur biznes-forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ijtimoiy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatga tabiiy gaz, avtomobillar, transport vositalari, mineral o‘g‘itlar, to‘qimachilik, elektr energiyasi, meva-sabzavot mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa turdagi tovar va mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari, metall, un, yog‘ olib kirilmoqda. O‘zbekistonda qozog‘istonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 230 ga yaqin korxona, Qozog‘istonda O‘zbekiston tadbirkorlari bilan birgalikda tuzilgan 130 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda Qozog‘istonning AllurGroup avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyasi bilan GM Uzbekistan kompaniyasi o‘rtasida Qo‘stanayda Ravon brendi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishilgani bu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatdi.

Forumda Qozog‘istonning qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, neft-gaz, farmatsevtika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, oziq-ovqat, harbiy, yengil sanoat va boshqa ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 400 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Forumda qozog‘istonlik ishbilarmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sarmoya kiritish istiqbollari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omillari to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlari hamkorligida turli sohalarda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va ularning ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Ekspertlarning fikricha, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini kamida ikki barobar oshirish imkoniyati mavjud. Mazkur jarayonni tezlashtirishning samarali usuli esa ikki mamlakat ishbilarmonlari va boshqa manfaatdor tomonlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishdir.

Biznes-forum davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatdorlikning turli sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq qator masalalar, jumladan, ularning asosiy parametrlari va moliyalashtirish manbalari ko‘rib chiqildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют