» » OAV: Livan xavfsizlik kuchlari bir nechta portlashni amalga oshirmoqchi bo‘lgan 19 nafar terrorchini ushladi

OAV: Livan xavfsizlik kuchlari bir nechta portlashni amalga oshirmoqchi bo‘lgan 19 nafar terrorchini ushladi


Livan xavfsizlik kuchlari IShID terrorchilik tashkilotiga aloqador bo‘lgan guruhni yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

O‘tkazilgan operatsiya davomida bir nechta terakt va hujumlarni amalga oshirishni rejalashtirgan 19 nafar terrorchi qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ularga Misr pasportiga ega va Sayda shahridagi falastinlik qochoqlar lageriga yashiringan Abu Hattob taxallusli terrorchi Fodi Ibrohim Ahmad boshchilik qilgan.

Bu Livan xavfsizlik kuchlari tomonidan iyun oyidan beri aniqlangan va xavfsizlantirilgan uchinchi terrorchilik guruhi hisoblanadi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Nuxad Mashnukning ma’lum qilishicha, xorijiy elchixonalar yuz berishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqida ogohlantirilgan. Ular Bayrutda bo‘lgan o‘z fuqarolariga tegishli ma’lumotlarni tarqatgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют