» » Samarqand davlat universitetida Sharof Rashidovga bag‘ishlangan yodgorlik lavhasi ochildi

Samarqand davlat universitetida Sharof Rashidovga bag‘ishlangan yodgorlik lavhasi ochildi


Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitetning Sharof Rashidov tahsil olgan bosh binosi peshtoqiga o‘rnatilgan yodgorlik lavhasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat jamoatchiligi vakillari, poytaxt va Jizzax viloyatidan kelgan mehmonlar, shoir va yozuvchilar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra mamlakatda ushbu sana munosabati bilan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda Sharof Rashidovning qizi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Sayyora Rashidova otasining xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning boshida turgan Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.

Atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov 1937—1941-yillarda Samarqandda O‘zbek davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-09-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют