» » Jennifer Lourens kinoni 2 yilga tark etishini ma’lum qildi

Jennifer Lourens kinoni 2 yilga tark etishini ma’lum qildi


Amerikalik aktrisa Jennifer Lourens o‘z faoliyatida tanaffus qilishga ahd qildi. Aktrisa yaqin ikki yil ichida filmlarda suratga tushmaydi, deb xabar beradi Time.

Bu vaqt ichida nima bilan shug‘ullanishi haqidagi savolga aktrisa quyidagicha javob berdi:

“Hozircha bu haqda tasavvurga ega emasman. O‘ylashimcha, shunchaki hordiq chiqaraman”.

Aktrisa omma oldida olti oydan so‘ng ko‘rinish berishini ma’lum qildi. Jennifer 2018-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan “Qizil chumchuq” trilleri taqdimotida ishtirok etadi.

Jennifer Lourens tomoshabinlarga “Ochlik o‘yinlari”, “Iks odamlar” kabi filmlardagi rollari bilan yaxshi tanish. 27 yoshli aktrisa “Mening yigitim — telba” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют