» » Qirg‘iziston bosh vaziri Stiven Sigalga respublika fuqarosi bo‘lishni taklif qildi

Qirg‘iziston bosh vaziri Stiven Sigalga respublika fuqarosi bo‘lishni taklif qildi


Qirg‘iziston bosh vaziri Safar Isoqov Gollivud aktyori Stiven Sigalga Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi bo‘lishni taklif etdi, deb yozadi “Nuz.uz”. Bunday taklifni u Bishkekda vazirlar mahkamasining aktyor bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi.

Isoqov Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlaridan keyin Qirg‘izistonga keluvchi sayyohlar ikki baravar ko‘payganini ta’kidladi. O‘z navbatida, Stiven Sigal Bishkekka Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batordan uchib kelganini aytdi. Shuningdek, u o‘zi tashrif buyurgan Ko‘chmanchilar o‘yinlari hayratlanarli hodisa bo‘lganini qayd etdi.

“O‘zimni xuddi uydagidek his qildim. Aslida hozir sizning mamlakatingiz uchun nima qila olishim mumkinligini o‘rganyapman. Mamlakatingizni shu darajada yaxshi ko‘raman”, — dedi aktyor.

Nashr eslatishicha, Stiven Sigal Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining yaxshi niyat elchisi hisoblanadi. 2016-yilda u O‘yinlarning ochilishida qatnashgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-09-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют