» » Misr sudi IShID bilan aloqasi uchun 7 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi

Misr sudi IShID bilan aloqasi uchun 7 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi


Misr sudi IShIDning Liviyadagi bo‘linmasi bilan aloqasi uchun 7 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Sudlanuvchilar IShID bilan bog‘liq guruhga aloqadorlik, qurol saqlash, zo‘ravonlik, 2015-yilda koptlarni qatl etishda ishtirok etganlikda aybdor deb topildi.

Misr qonunlariga ko‘ra, hukm mamlakat oliy muftiysi tomonidan ma’qullanishi lozim.

Bu ish bo‘yicha jami 20 kishi sud qilinmoqda, ularga yakuniy hukm joriy yil 25-noyabrda chiqariladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют