» » AQSh koalitsiyasi Rossiyani Suriya muxolifati kuchlariga aviazarba berishda aybladi

AQSh koalitsiyasi Rossiyani Suriya muxolifati kuchlariga aviazarba berishda aybladi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Rossiya Havo-kosmik kuchlarini “Suriya demokratik kuchlari” marralariga aviazarba berishda aybladi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Koalitsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya go‘yoki kuni kecha Suriyadagi Frot daryosi sharqi, Dayr az-Zavr shahri yaqiniga zarba bergan.

Bayonotda ma’lum qilinishicha, zarba oqibatida koalitsiya hamkorlari safidagi jangchilar jarohat olgan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Havo-kosmik kuchlarining Dayr az-Zavr shahridagi terrorchilar qo‘mondonlik punktiga hujum natijalari haqida hisobot bergan edi. Aviazarba oqibatida qirqqa yaqin jangari yo‘q qilingan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют