» » BMT “Irma” to‘foni tufayli Kubaga 7,2 million dollarlik oziq-ovqat yordamini ajratadi

BMT “Irma” to‘foni tufayli Kubaga 7,2 million dollarlik oziq-ovqat yordamini ajratadi


BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi o‘tgan hafta oxirida halokatli “Irma” to‘fonidan jabrlangan Kubaga 7,2 million dollarlik oziq-ovqat yordamini ajratadi. Bu haqda 16-sentabr, shanba kuni dastur ijrochi direktori, Janubiy Karolina shtati sobiq gubernatori Devid Bisli ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bu kabi vaziyatlarda siyosiy kelishmovchiliklar haqida unutib, umumiy farovonlik uchun birgalikda ishlaymiz”, — ta’kidladi Bisli.

16-sentabr, shanba kuni dastur rahbari Kuba Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Migel Dias-Kanel bilan uchrashuv o‘tkazdi, shuningdek, to‘fon oqibatida kuchli jabrlangan Xaymanitas tumaniga tashrif buyurdi.

Bislining so‘zlariga qaraganda, BMT oziq-ovqat dasturi yordami 664 ming kubalikning to‘rt oy davomidagi oziq-ovqat ehtiyojlarini qoplashga mo‘ljallangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют