» » Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi


Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16–17-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi, deb eslatadi O‘zA.

Qozog‘iston rahbari bugun, 17-sentabr kuni Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar poytaxtdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi. “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют