» » Paleontologlarning g‘aroyib topilmasi: Insoniyatning yoshi 2 million yilga ulug‘roq ekanligi aniqlandi

Paleontologlarning g‘aroyib topilmasi: Insoniyatning yoshi 2 million yilga ulug‘roq ekanligi aniqlandi


Shu kunlarda super shov-shuv ekanligiga qaramasdan, boshqa yangiliklar soyasida qolgan hodisa yuz berdi. Gap muhim kashfiyot haqida bormoqda, u tufayli biz — homo sapiens vakillari bir lahzada 2 million yilga ulg‘aydik! O‘rta Yer dengizi orollaridan biridagi noyob topilmani tadqiq qilgan olimlar aynan shunday xulosani e’lon qildi. Ushbu talqinga ko‘ra, bizga aynan o‘xshashlar yerda 5 yarim million yil ilgari istiqomat qilgan, deb yozadi “MK.ru”.

2002-yilda polshalik paleontolog Gerard Gerlinskiy o‘zining navbatdagi ta’tilini Kritda o‘tkazishga qaror qildi. Ushbu orolning g‘arbidagi Kisamos shahri yaqinida joylashgan Traxilos qishlog‘i yon-atrofini aylana turib olim plato tosh qoplamasidagi g‘alati chuqurliklarga e’tibor qaratdi. Ularni diqqat bilan ko‘zdan kechirgan Gerlinskiy ular kimningdir tosh qotgan oyoq izlari degan xulosaga keldi. Topilma polshalikni qiziqtirib qo‘ydi, biroq u bu joylarga faqat sakkiz yildan so‘nggina qaytib kela oldi — bu safar Upsala universitetida ishlovchi hamkasbi Gjegosh Nedzvedzkiy bilan birga. Toshga aylangan yuzada saqlanib qolgan izlarni batafsil o‘rgangan olimlar ular qandaydir qadimiy gominid — odamlar, shimpanze va gorillalar mansub oila vakillari tomonidan qoldirilgan degan xulosaga keldi. Hatto ushbu “avtograflar” qoldirilgan vaqtni aniqlashga erishildi: taxminan 5,6 million yil avval.

Polshalik olimlar o‘z kashfiyotlari haqida ommaga bir necha yildan so‘ng — 2017-yilning avgust oyi oxirida Proceedings of the Geologists’ Association ilmiy jurnalida ma’lum qildi.

“Krit” izlarining ahamiyati haqida paleoantropolog tadqiqotchi Aleksandr Belov sharh beradi.

— Gerard Gerlinskiy topilmasi ma’lum bo‘lishiga qadar bu boradagi rekord Laetoli (Tanzaniya) vulqon kulida toshga aylangan tik yuruvchi avstralopitekka tegishli inson izlariga mansub edi. Olimlarning baholashicha, ularning yoshi 3,66 million yilga teng. Biroq mazkur maqolada gap ulardan ikki million yilga ulug‘ inson izlari haqida bormoqda.

— Bu izlar tarixdan ilgarigi maymunning emas, aynan odam izlari ekanligining qanday dalillari mavjud?

— Izlar suratlari va jurnalda taqdim etilgan rekonstruksiyalarda toshga aylangan tuproqdagi izlar boshqa kimdir tomonidan emas, odam tomonidan qoldirilganligi yaxshi ko‘rinib turibdi. Tovon uzaygan — aynan “odamlarga xos”. Asosiysi, oyoq kaftidagi barcha barmoqlar bir qatorda joylashgan. Ya’ni bosh barmoq zamonaviy homo sapiens oyog‘i katta barmog‘iga o‘xshash shaklga ega. Bundan tashqari, bu suratlarga qaraganda oyoq izidagi beshta barmoqning barchasini metatarzal bog‘lama birlashtirib turganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Aynan u katta barmoqning bir tomonga chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Maymunlarda bunday bog‘lama yo‘q — ularda yassioyoqlik mavjud.

Bu hodisa har qanday talqin qilinganda ham shov-shuvga aylanishi mumkin edi. Biroq bunday bo‘lmadi!

— Nega?

— Paleoantropologlar zimmasida tadrijiy nazariya yuki yotadi. Unda asosiy rol antropogenez — maymunlarning asta-sekin odamga aylanishiga qaratilgan. “Krit” topilmasi esa bu nazariyaga oshkora zid. Traxilos qishlog‘idagi izlarning topilishi va bu haqdagi ma’lumotning oshkor etilishi o‘rtasidagi uzoq tanaffusni aynan shu bulan izohlash mumkin: polshalik olimlar o‘z karyerasini barbod qilishdan cho‘chigan ko‘rinadi.

Haqiqatan ham, Yerda yoshi 5,6 million yilni tashkil etuvchi inson izlarining topilishi evolyutsionizm tarafdorlarining bungacha bildirilgan barcha qarashlari ostiga kuchli “mina” qo‘yadi.

Gerard Gerlinskiy va Gjegosh Nedzvedzkiy o‘z maqolasida ular tomonidan Kritda aniqlangan, tik yuruvchi odam tomonidan qoldirilgan izlar, shuningdek, uzoq ajdodimiz qadamlari biomexanikasini batafsil tahlil qiladi.

Shu tariqa, gap haqiqatda muhim ilmiy kashfiyot haqida bormoqda. U bizning insoniyat tarixi haqidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir. Krit orolidagi topilma inson aslida Katta Fazodan kelgan nihoyatda qadimiy mavjudot ekanligining ishonchli dalili hisoblanadi.

— U holda sayyoradagi mavjudlik davri bo‘yicha ancha “yosh” neandertallar kimlar?

— Ular shunchaki ortga qarab rivojlangan “omadsizlar”. Ularda evolyutsiya o‘rniga tabiiy ortga qaytish yuz bergan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют