» » Apple “internet iqtisodiyotini sabotaj qilish” ayblovlariga javob qaytardi

Apple “internet iqtisodiyotini sabotaj qilish” ayblovlariga javob qaytardi


Apple kompaniyasi unga nisbatan ayblovlar ilgari surgan bir guruh reklama kompaniyalariga javob berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Bir muddat ilgari ular yangi Safari 11 tizimi butun raqamli reklama sanoatiga tahdid solishini aytib o‘tgan edi. Shunga qaramay, kompaniya foydalanuvchilarni reklama maqsadlarida kuzatishni cheklash qaroridan voz kechmasligini ma’lum qildi.

“Apple odamlar shaxsiy hayot huquqiga egaligiga ishonadi. Reklama kuzatuv texnologiyalari shunchalik tarqalganki, kompaniyalar har qanday odam brauzerining tarixini undan so‘ramay tiklashi mumkin”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

14-sentabr kuni AQShning olti eng yirik reklama tarmog‘i Apple’ga ochiq xat bilan murojaat qilib, korporatsiyani Safari brauzeriga yangiliklar kiritish yo‘li bilan internet iqtisodiy modelini sabotaj qilishda aybladi.

Gap shundaki, Safari brauzerining Intelligent Tracking Prevention nomli 2017-yil iyunida taqdim etilgan yangi imkoniyati yordamida reklama tarmoqlarining foydalanuvchilarni kuzatish harakatlarini cheklash mumkin. Masalan, u cookies fayllarining retargeting uchun amal qilish muddatini 24 soatga cheklaydi va shundan so‘ng 30 kun kirilmagan saytlarning cookie fayllarini o‘chiradi.

Kompaniya vakillari Safari chet cookies fayllarini bloklovchi birinchi brauzer bo‘lganini, kuzatishni cheklashning aqlli metodi esa (ITP) foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishini ta’kidlab o‘tdi. ITP cookie-fayllar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirib, foydalanuvchilar internet-syorfing bilan bemalol shug‘ullanishiga imkon yaratadi.

Bundan tashqari, Apple yangi algoritm reklamaning o‘zini bloklamasligini hamda saytlardagi qonuniy kuzatishga to‘sqinlik qilmasligiga urg‘u berdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют