» » Video: “Irma” to‘fonidan 5 kun oldin sotib olingan orzudagi uy vayron bo‘ldi

Video: “Irma” to‘fonidan 5 kun oldin sotib olingan orzudagi uy vayron bo‘ldi


Irlaniyalik Kayri Kolfild Virginiya orollarida orzuidagi uyni sotib olgan edi. Uning orzusi amalga oshdi, ammo “Irma” to‘foni bu uyni vayron qildi, deb xabar beradi ForumDaily.

Shunday bo‘lishiga qaramay, erkak tushkunlikka tushmadi va hazilomuz video yozdi.

“Bu devorlar, ular yaxshi ahvolda. Bu oshxona, barbekyu mana bu yerda. Yana bitta devor, ajoyib. Shisha banka, sog‘-omon saqlanib qoldi. Endi — barcha diqqat qaratsin — devorlar yo‘q”, — hikoya qiladi Kolfild.

Uning so‘zlariga qaraganad, uy xarid qilganidan besh kun o‘tib devorlarning yarmi yo‘q. Shunga qaramay u hazilomuz tarzda to‘fonga dosh bergan daraxtni baribir kesib tashlashini bildirdi. So‘ng kamera tomga qarab yuradi va tomning ham yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

“Nima deyishim mumkin? Bundan battar ham bo‘lishi mumkin edi. Men Ginnessni (pivoni) topa olmasligim mumkin edi”, — deb hazillashadi erkak.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют