» » Koreyaga qarshi o‘ynamagan Fozil Musayev Yaponiya Jey Ligasida uchinchi golini urdi

Koreyaga qarshi o‘ynamagan Fozil Musayev Yaponiya Jey Ligasida uchinchi golini urdi


Yaponiya Jey Ligasida to‘p suradigan o‘zbekistonlik yagona futbolchi Fozil Musayev mavsumdagi uchinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Osiyo Chempionlar Ligasi ishtirokchisi hisoblangan “Urava Red” klubini qabul qilgan Fozil Musayev jamoadoshlari 1:1 hisobiga imzo chekdi. O‘zbekistonlik futbolchi o‘z goli bilan klubiga 1 ochko olib berdi.

26-turdan so‘ng “Jubilo Ivata” Yaponiya Jey Ligasida oltinchi jamoa bo‘lib turibdi. Musayevning shartnomasi 2+1 ko‘rinishida tuzilgani inobatga olinsa, u kelasi mavsumni ham Yaponiyada o‘tkazishi aniq.

Yaponiya Jey Ligasi
26-tur uchrashuvi
16-sentabr, shanba

Gollar: Fozil Musayev, 21 (1:0). Shinzo Koroki, 79 (1:1).

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Fozil Musayevga bir necha bor taklif yuborganiga qaramay, uni maydonga tushirmadi. Musayevning, ayniqsa, Eron va Koreyaga qarshi o‘yinlarda ishtirok etmagani o‘zbekistonlik jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi. Boisi, Musayev Eron chempionatida muvaffaqiyatli o‘ynagan va fors futbolini yaxshi biladi, uning Yaponiya chempionatidagi tajribasi esa Koreyaga qarshi o‘yinda qo‘l kelishi mumkin edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют