» » Trampning yordamchisi: Yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv faqat Eron uchun manfaatli

Trampning yordamchisi: Yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv faqat Eron uchun manfaatli


Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma umumqamrovli reja faqat rasmiy Tehronga manfaat keltiradi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Bu mavjudlari ichida eng yomon kelishuvdir. Men u xalqaro hamjamiyatga ziyon keltirishi haqida gapiryapman. Bunda u eronliklarga so‘zsiz manfaat keltiradi. Majburiy ijro mexanizmlari juda zaif ishlab chiqilgan”, — dedi u.

Siyosatchi kelishuv doirasida Eron amalga oshirayotgan ishlarni jiddiy tekshirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Eron rasmiylarini Yaqin Sharqni beqarorlashtirish, mintaqadagi siyosiy va gumanitar foijani konservatsiyalashda aybladi.

“Ular butun mintaqa bo‘ylab terrorchi guruhlar va o‘z nazoratlari ostidagi isyonchi kuchlardan foydalanib, o‘z manfaatlarini ilgari suradi va qo‘shnilariga tahdid soladi”, — dedi Gerbert Makmaster.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-09-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют