» » A seriya. Dibala va Mertensda xet-trik, “Napoli”da 6 ta gol. Yetakchilar uchun atalgan tur

A seriya. Dibala va Mertensda xet-trik, “Napoli”da 6 ta gol. Yetakchilar uchun atalgan tur


Italiya A seriyasining 4-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Amaldagi chempion “Yuventus” argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning 3 ta goli sabab, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 4 ta o‘yinda 8 ta gol urgan Dibala to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Mazkur turda eng yirik g‘alabani “Napoli” qo‘lga kiritdi — 6:0. Bu bellashuvda belgiyalik Dris Mertens xet-trik qayd etdi va mavsumdagi gollari sonini 5 taga yetkazib, “Inter” vakili Mauro Ikardi bilan tenglashib oldi.

O‘tgan tur “Milan”ni yirik hisobda taslim qilgan “Latsio”ga Chiro Immobilening dubli yordam berdi. Italiya termasi hujumchisi gollari sonini 6 taga yetkazib oldi.

Milan klublari mazkur turda 3 ochkodan qo‘lga kiritdi. “Inter” safarda ishonchli g‘alabaga erishdi, “Milan” esa “Fiorentina”dan olib kelingan Nikola Kalinichning dubli sabab zafar quchdi.

Italiya A seriyasi
4-tur bellashuvlari
16-sentabr, shanba

Gollar: Milan Shkrinyar, 82 (0:1). Ivan Perishich, 90+1 (0:2).

Gollar: Federiko Kyeza, 51 (1:0). Rodrigo Palasio, 53 (1:1). Xerman Pesselya, 70 (2:1).

Gollar: Raja Naynggolan, 22 (1:0). Edin Jeko, 34 (2:0). Edin Jeko, 61 (3:0).
Chetlatish: Samuel Suprayen, 66 (V).

17-sentabr, yakshanba

Gollar: Paulo Dibala, 16 (0:1). Paulo Dibala, 49 (0:2). Matteo Politano, 51 (1:2). Paulo Dibala, 63 (1:3).

Gollar: Duvan Sapata, 1 (0:1). Daniele Baselli, 13 (1:1). Andrea Belotti, 15 (2:1). Fabio Kvalyarella, 34 (2:2).

Gollar: Allan, 3 (1:0). Lorenso Insinye, 15 (2:0). Dris Mertens, 27 (3:0). Xose Kalyexon, 32 (4:0). Dris Mertens, 65-pen (5:0). Dris Mertens, 90-pen (6:0).

Gollar: Nikola Kalinich, 22 (1:0). Kevin Lasanya, 28 (1:1). Nikola Kalinich, 31 (2:1).

Gollar: Bashtush, 13 (0:1). Pyetro Pellegri, 57 (1:1). Chiro Immobile, 70 (1:2). Pyetro Pellegri, 73 (2:2). Chiro Immobile, 82 (2:3).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют