» » Malayziyalik jangarilar rohinjalar atrofidagi tanglik tufayli Myanmaga jo‘nadi

Malayziyalik jangarilar rohinjalar atrofidagi tanglik tufayli Myanmaga jo‘nadi


IShID terrorchilik guruhi bilan bog‘liqligi bo‘lgan malayziyalik jangarilar musulmon rohinjalar manfaatlarini himoya qilish bahonasi bilan Myanmaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Malayziya politsiyasining aksilterrorchilik departamenti rahbari yordamchisi Ayub Xon Midinga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID ekstremistlari “yangi jangarilarni yollash uchun rohinja omilidan foydalanmoqda”. Politsiyachilar, shuningdek, “Myanma Suriya va hatto Filippinning janubiy tumanlaridan ko‘ra, Malayziyaga ancha yaqinroq” ekanligini ta’kidladi. “Aynan rohinja xalqi atrofidagi vaziyat ekstremistlarga ‘jihod‘ uchun birinchi darajali maqsadga aylandi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Bundan tashqari, aksilterrorchilik departamenti vakili ma’lum qilishicha, tezkor axborotga ko‘ra, Myanma g‘arbida Indoneziyadan kelgan jangarilar ham bo‘lishi mumkin.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют