» » Olimlar Yerdagi 2370 darajali haroratdan omon qolgan “guvoh”ni aniqladi

Olimlar Yerdagi 2370 darajali haroratdan omon qolgan “guvoh”ni aniqladi


Hozirda Kanadaning Mistastin krater ko‘li joylashgan joyda taxminan 38 million yil avval sirkon fianitga aylangan. Bu faqat 2370 daraja haroratda yuz berishi mumkin, deb yozadi “Naukatv.ru”.

Meteoritlar Yerga qulagan vaqtda zarba nuqtasida harorat haddan tashqari yuqori ko‘rsatkichlargacha ko‘tariladi. Sayyora hali yosh bo‘lgan paytlarda bunday ta’sirlar uning atmosferasini, qobig‘ini o‘zgartirgan, shuningdek, Yerda yashash sharoitiga ta’sir qilgan. Ammo aniq haroratlarni belgilash juda qiyin, chunki bunday tabiiy ofatlar natijasida hatto meteoritlar va yer jinslarining o‘zlari ham yo‘q bo‘lib ketgan.

“Qanday dalillar toshlarni yo‘q qilib yuborishga qodir hodisalardan omon qolishi mumkin?” — dedi Berklidagi Kaliforniya universitetidan Benjamin Blek.

Olimlar taxmin qilishicha, bunda gap chamasi 2000 darajali haroratlar haqida bormoqda, ammo avvaliga ularda daliliy ashyolar yo‘q edi. Mistastinda topilgan fianit esa vaziyatni o‘zgartirdi.

Kashfiyotni amalga oshirgan Kertin universiteti (Avstraliya) xodimlari bungacha fianitni haroratlar qaydlari nuqtai nazaridan hech kim ko‘rib chiqmaganligini aytdi. Bu, olimlar ta’kidlashicha, Yerdagi toshlar shunday darajagacha qizib ketganining birinchi dalilidir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют