» » Ekspert: Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari o‘zaro hamkorlik qilishni boshlamoqda

Ekspert: Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari o‘zaro hamkorlik qilishni boshlamoqda


Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Irina Chernix Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifidan qanday xulosalar chiqarish mumkinligi haqida gapirdi, deb yozadi “Kazinform”.

“Prezidentning ushbu tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning nafaqat kengaygani, balki ularning chuqurlashganidan ham darak beradi — 2013-yilda strategik aloqa sifatida mustahkamlangan hamkorligimiz texnik darajaga — vazirlik va idoralarning, chegaradosh hududlarning va alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamkorligi darajasiga chiqmoqda. Bunda chegaraga tutash hududlar hamkorligining rivojlanishi ham ahamiyatga molik. Shu tariqa jadal hamkorlik nafaqat markaziy darajada, balki mamlakatlarimizning chegaradosh viloyatlari o‘rtasida ham rivojlanishni boshlaydi. Sirdaryo viloyati va Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimliklari, Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimliklari, Navoiy viloyati va Qizilo‘rda viloyati hokimliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi”, — dedi u.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют